Tramp Oq uyni tark etdi (video)

Qo`shma Shtatlarning amaldagi prezidenti respublikachi Donald Tramp bugun, 20 yanvar kuni Oq uyni tark etib, mahalliy vaqt bilan tushga rejalashtirilgan Jozef Baydenning inaugurasiyasini kutmasdan Florida tomon yo`l oldi.

Trampning avvalroq tarqalgan rejalar grafigida u faoliyatini tugatgach, birinchi xonim Melaniya Tramp bilan birga Florida shtatining Palm-Bich shahriga borishini ko`rsatilgandi. 

Eslatib o`tamiz, AQShda saylovlar 3-noyabr kuni bo`lib o`tdi. 14 dekabr kuni saylovchilar natijalarni ma`qulladi, unga ko`ra Bayden yangi davlat rahbari bo`ldi. Tramp mag`lubiyatini tan olmadi va bir qator shtatlarda ovozlarning qayta sanab chiqilishini talab qilib, sudga murojaat qildi. Biroq, Oq uy rahbari advokatlarining harakatlari muvaffaqiyatsiz tugadi, ularning da`volari, AQSh Oliy sudi tomonidan ham rad etildi. Senat va Kongress Vakillar Palatasi 6 yanvar kuni qo`shma yig`ilishda Baydenning g`alabasini ma`qulladi, uning inaugurasiyasi 20 yanvar kuni tushda Kapitoliy zinapoyasida bo`lib o`tishi belgilandi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring