Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishini aytdi

AQSH prezidenti Donald Tramp koronavirusning o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketishiga ishonchi komil ekanligini bildirdi. Bu haqda Daily Mail xabar qilgan, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

«Men bu gaplarni shifokorlardan olingan ma’lumotlarga asoslanib gapiryapman. Ular infeksiyaning yo‘qolishini aytishdi. Bu koronavirus 2020 yilda, kuzda yoki kuzdan keyin yo‘q bo‘lishini anglatmaydi. Muayyan davrga borib, u o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Lekin shunga qaramay ixtiyorimizda vaksina bo‘lsa, bu foyda beradi», – degan Tramp.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasining butun dunyoda tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra SARS-CoV-2 koronavirusini butun dunyoda 3,6 million nafar odam yuqtirib olgan, 254 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Google va Facebook xodimlariga 2021 yilgacha masofaviy ishlash imkonini berdi

Toshkentda ayol erini himoya qilib, ikkita erkakni pichoqladi

Реклама на Unews

JSST Rossiyada COVID-19 nega tez tarqalayotganini tushuntirdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring