Toshkentda ayol erini himoya qilib, ikkita erkakni pichoqladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Toshkent viloyati. 2020 yil 04 may kuni soat 16.30 da 33 yoshli X.X., Bo‘stonliq tumani Xo‘ja MFYda qo‘shnilari 42 yoshli M.M. va 47 yoshli K.M.,larni turmush o‘rtog‘i 35 yoshli U.X., bilan o‘rtalarida avvaldan mavjud bo‘lgan nizo sabab o‘zaro ushtlashayotganliklarini ko‘rib, M.M. va K.M., larga tan jarohati yetkazish va turmush o‘rtog‘ini ajratib olish maqsadida ularning yoniga borib, qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan M.M. va K.M.,larga tan jarohati yetkazgan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Natijada M.M. va K.M.,lar olgan tan jarohatlari bilan Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkalasiga ham “og‘ir” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona oshxona pichog‘i va qon dog‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.  

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.X.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

JSST Rossiyada COVID-19 nega tez tarqalayotganini tushuntirdi

Bozorlarda qaysi mahsulotlarga talab oshgani ma’lum qilindi

Реклама на Unews

Koronavirus +30 °S issiqda infeksion faolligini yo‘qotadi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий