So‘nggi chora: Isroilda yana karantin joriy qilindi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilda ikki haftalik karantin o‘rnatilganini e’lon qildi. Bu haqda "The Times of Israel" xabar bermoqda, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, Isroil Hukumati ushbu tashabbusni koronavirus infeksiyasining yangi holatlari ko‘payib borayotgani sababli ma’qullagan. 

Qayd etilishicha, ushbu chora ertaga, 7 yanvardan boshlab kuchga kiradi. 

Реклама на Unews

Netanyaxu, shuningdek, epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sababli dunyoni jiddiy oqibatlar kutayotganidan ogohlantirgan. 

“Biz Britaniya mutatsiyasi tufayli yuqori tezlikda tarqalayotgan global pandemiya holatidamiz”, deb ta’kidlagan u.

Avvalroq, birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan COVID-19 koronavirusining yangi turi hozirgi kunga qadar 41 ta mamlakat va hududlarda topilgani haqida xabar bergan edik. 

Реклама на Unews

Ma’lumot uchun, Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 448 mingdan oshgan. 3 ming 445 nafar bemor vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring