Shanxay nega qat`iy karantinga qaytmoqda?

COVID-19 infeksiyasining ilk o`chog`i bo`lgan Xitoy yana pandemiyaning kuchli to`lqini bilan yuzlashmoqda. Bu erda sayyoramiz aholisining qariyb beshdan bir qismi yashashini inobatga olsak, mamlakatda kasallikning keng tarqalishi xavotirli oqibatlarni keltirib chiqarishi, shubhasiz.  

Shu sababli Xitoy hukumati karantin cheklovlarini kuchaytirishga majbur bo`lmoqda. Xususan, bugundan Shanxay shahrida ikki yil ichidagi eng yirik ko`lamdagi “lokdaun” e`lon qilindi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati yozmoqda. 

Qat`iy cheklovlar ikki bosqichni o`z ichiga oladi. Birinchi navbatda shaharning Pudong iqtisodiy rayoni va unga yondosh hududlar dushanbadan jumaga qadar yopiladi.  

Реклама на Unews

Ikkinchi bosqich cheklovlari juma kunidan kuchga kiradi va Shanxayning Huangpu daryosi g`arbidagi markaziy qismida “lokdaun” joriy etiladi.

Ushbu davrda aholining sababsiz uydan chiqishi taqiqlanadi, aksariyat korxona va tashkilotlar, restoran va tomoshagohlar yopiladi, jamoat transporti harakati to`xtatiladi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hozir Xitoyda tarqalayotgan SOVID-19 infeksiyasining katta qismini “omikron”ning yangi — BA.2 mutasiyasi tashkil etmoqda. Biroq ushbu variant ko`p hollarda “yashirin” alomatlar bilan kechishi tufayli mahalliy hukumat ularni rasmiy statistik ko`rsatkichlarga kiritmayapti.  

Реклама на Unews

Masalan, yakshanba kuni Shanxayda PZR testini topshirgan 3500 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Shundan 50 nafarida SOVID-19ning yaqqol alomatlari aniqlangan. Kasallik belgilari kuzatilmagan holatlar esa tasdiqlangan ro`yxatga qo`shilgani yo`q.  

Butun mamlakat miqyosida olganda ham vaziyat shunday. Ya`ni yakshanba kuni Xitoyda kunlik kasallanishlar soni 1,2 mingga yaqinlashgan. Biroq amalda yana 5 mingga yaqin kishida simptomsiz infeksiyalar qayd etilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring