Sakkiz qizni vahshiylarcha o‘ldirgan «Twitter-qotil» o‘limga mahkum etildi

Tokio sudi 30 yoshli Takaxiro Siraisini to‘qqiz kishini o‘ldirishda aybdor deb topdi va uni o‘limga mahkum etdi, deya xabar berdi «Kiodo» agentligi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Sud qaroriga ko‘ra, tibbiy ko‘rik paytida yigitning aqli rasoligi tasdiqlandi. Bu esa harakatlari uchun javobgar ekanligini anglatadi. Siraisi shafqatsiz qotilliklardan tashqari, qurbonlarining jasadlarini qismlarga ajratishda va ularning qoldiqlarini saqlashda ham aybdor deb topildi.

Bir yosh yigit tomonidan ikki oy davomida sodir etilgan bir qator vahshiy qotilliklar 2017-yilda butun Yaponiyani larzaga soldi. O‘shanda Siraisi Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasidagi Dzama shahrida istiqomat qilardi. Jinoyatlar tasodifan fosh etilgani keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi: yo‘qolgan qizning ukasi uning parollarini bilgan va jinoyatchi bilan yozishmalarini ko‘rgan. Xususan, qiz u bilan o‘z joniga qasd qilish masalasini muhokama qilgan va buni birgalikda amalga oshirishni xohlovchi odamni qidirayotganini ma’lum qilgan. Bu politsiya jinoyatchining iziga tushishiga yordam berdi.

Реклама на Unews

Gumonlanuvchining kvartirasi tintuv qilinganda yana sakkiz kishining boshi va boshqa tana qismlari topilgan. Ko‘p o‘tmay u qotillikni tan oldi. Faqat «shu darajada ko‘p odamni o‘ldirganidan, ularning kimligini eslolmasligini» aytdi. Barcha qurbonlarning ismlarini aniqlash uchun politsiya DNK-testini o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.

O‘ldirilgan to‘qqiz kishining sakkiz nafari Yaponiyaning turli prefekturalaridan kelgan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan qizlar tashkil etadi. Tergov natijasida aniqlanishicha, ularning hammasi ham o‘z joniga qasd qilishni istamagan.

Xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida tan olingan Yaponiyada ikki oy ichida to‘qqiz kishining xufiyona yo‘qolishi va qotil qo‘lida jon berishi, ustiga-ustak, barcha qotilliklar va jasadlarning qismlarga ajratilishi oddiy bir shahar kvartirasida sodir etilgani va qo‘shnilarning e’tiborni jalb qilmagani ham keng jamoatchilikni hayrat solmoqda.

Реклама на Unews

Tokio sudi 30 yoshli Takaxiro Siraisini to‘qqiz kishini o‘ldirishda aybdor deb topdi va uni o‘limga mahkum etdi, deya xabar berdi «Kiodo» agentligi.

Sud qaroriga ko‘ra, tibbiy ko‘rik paytida yigitning aqli rasoligi tasdiqlandi. Bu esa harakatlari uchun javobgar ekanligini anglatadi. Siraisi shafqatsiz qotilliklardan tashqari, qurbonlarining jasadlarini qismlarga ajratishda va ularning qoldiqlarini saqlashda ham aybdor deb topildi.

Bir yosh yigit tomonidan ikki oy davomida sodir etilgan bir qator vahshiy qotilliklar 2017-yilda butun Yaponiyani larzaga soldi. O‘shanda Siraisi Tokio yaqinidagi Kanagava prefekturasidagi Dzama shahrida istiqomat qilardi. Jinoyatlar tasodifan fosh etilgani keng jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘ldi: yo‘qolgan qizning ukasi uning parollarini bilgan va jinoyatchi bilan yozishmalarini ko‘rgan. Xususan, qiz u bilan o‘z joniga qasd qilish masalasini muhokama qilgan va buni birgalikda amalga oshirishni xohlovchi odamni qidirayotganini ma’lum qilgan. Bu politsiya jinoyatchining iziga tushishiga yordam berdi.

Gumonlanuvchining kvartirasi tintuv qilinganda yana sakkiz kishining boshi va boshqa tana qismlari topilgan. Ko‘p o‘tmay u qotillikni tan oldi. Faqat «shu darajada ko‘p odamni o‘ldirganidan, ularning kimligini eslolmasligini» aytdi. Barcha qurbonlarning ismlarini aniqlash uchun politsiya DNK-testini o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi.

O‘ldirilgan to‘qqiz kishining sakkiz nafari Yaponiyaning turli prefekturalaridan kelgan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan qizlar tashkil etadi. Tergov natijasida aniqlanishicha, ularning hammasi ham o‘z joniga qasd qilishni istamagan.

Xavfsiz mamlakatlardan biri sifatida tan olingan Yaponiyada ikki oy ichida to‘qqiz kishining xufiyona yo‘qolishi va qotil qo‘lida jon berishi, ustiga-ustak, barcha qotilliklar va jasadlarning qismlarga ajratilishi oddiy bir shahar kvartirasida sodir etilgani va qo‘shnilarning e’tiborni jalb qilmagani ham keng jamoatchilikni hayrat solmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring