Rossiya koronavirus sabab yana chegaralarini yopadimi? Peskov javob berdi

Rossiyaning ayrim mintaqalaridagi epidemiologik vaziyat tez va qat’iy choralar ko‘rishni talab qilmoqda, ammo regionlar orasidagi chegaralarni yopish kerak emas. Bu haqda Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun, 6 iyul kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

“Rossiyaning ayrim hududlaridagi epidemiologik vaziyat karantin chora-tadbirlarini kuchaytirishni talab qiladi, ammo chegaralarni yopishning hojati yo‘q”, deydi Matbuot kotibi. 

Uning ta’kidlashicha, bir qator hududlarda yepidemiologik vaziyat keskinlashgan va shu sababli tezlik bilan karantin choralarini kuchaytirish kerak.

Реклама на Unews

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, viloyat rahbarlari koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashishiga qarab, o‘zlari mustaqil qaror qabul qilishadi. 

Avvalroq, Rossiyada COVID-19 bilan kasalllanganlar soni ortgani tufayli chegaralar yopilishi rejalashtirilgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring