Qozog‘istonda gipnoz orqali fuqarolarning pulini “shilgan” 4 nafar o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Qozog‘istonda 4 nafar o‘zbekistonlik ayol ushlandi. Bu haqda Polisia nashri xabar qildi — deya yozmoqda 'Everyday' nashri.

Nashrning yozishicha, ayollar 17-18 oktyabr kunlari Almatada ushlangan. Ta’kidlanishicha, ular ikki nafar fuqaroning ishonchiga kirib, gipnoz orqali ulardan pullarini, telefonini va tilla taqinchoqlarni olib qo‘ygan.

Hozirda jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Huquq tartibot organlari xodimlari tergov olib bormoqda. Ta’kidlash joiz, ayollarga nisbatan firibgarlik bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring