Qirg‘iziston prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrifga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ikki mamlakat tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosarlari tomonidan muhokama qilindi. Tashrif qachon uyushtirilishi hozircha ma’lum emas.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deya xabar berdi Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif qachon uyushtirilishi hozircha ma’lum qilinmagan.

22 fevral kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farxod Arziyev va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Nuran Niyazaliyev o‘rtasida videokonferensiya ko‘rinishida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.

Реклама на Unews

24 fevral kuni Qirg‘iziston prezidenti ilk rasmiy tashrif bilan Rossiyaga uchdi.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov Qirg‘iziston prezidenti sifatida yanvar oyi oxirida ish boshlagan edi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring