Nokia va Mercedes bahsi: Germaniyada avtomobillar sotilishi taqiqlanishi mumkin

Germaniyaning Daimler avtokompaniyasi Finlyandiyaning Nokia telekommunikasiya kompaniyasiga patent bo‘yicha bahsni yutqazdi. Endi Mercedes-Benz avtomobillari savdosi taqiqlanishi mumkin,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

18 avgust kuni Mangeym shahri sudi Nokia kompaniyasi da’vosini qanoatlantirdi. Sud Daimler kompaniyasining Nokia kompaniyasiga tegishli bo‘lgan telekommunikasiya texnologiyalaridan patentsiz foydalanganini aniqladi

Endi Daimler kompaniyasi Nokia texnologiyalari joriy qilingan va sotilgan avtomobillar miqdori haqida xabar berishi shart. Daimler rahbariyati sudning qaroridan norozi va apellyasiya bermoqchi.

Реклама на Unews

Mercedes avtomobillarining Germaniyada sotilishini taqiqlash uchun Nokia alohida da’vo arizasini berishi va uning 7 milliard yevro miqdoridagi ta’minotini taqdim qilishi lozim. 

Nemis qonunlariga ko‘ra, patent egalari taqiq kuchga kirgan taqdirda javobgarning zarar ko‘rishiga mas’ul bo‘ladi. Agar da’vo arizasi berilsa, Mercedes avtomobillarining savdosi taqiqlanadi. 

Biroq Daimler apellyasiya berishi ham mumkin. Agar kompaniya sudda yutib chiqsa, ta’minot qiymati yoki uning bir qismi savdoga qo‘yilgan taqiqdan kelib chiqadigan zararni qoplash uchun sarflanadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring