Meksikalik baliqchi o‘zidan ham katta baliq tutib oldi (foto)

Meksikaning Oaxaka shtati Puerto-Eskondido shahrida yashovchi yosh baliqchi ulkan yelkanchi baliqni tutib oldi. Bu haqda News Daily xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Bitta baliq ovi mobaynida 22 yoshli David Monkada 49,50 va 56 kilogramm og‘irlikdagi uchta yelkanchi baliqni tutib oldi.
So‘nggi baliq uning «faoliyati» mobaynidagi eng katta o‘lja bo‘ldi. Suratda baliqning uzunligi baliqchining bo‘yidan ham uzunligini ko‘rish mumkin.

Monkada baliqchilikka bolaligidan qiziqib qolgan. Avvallari u dengizga o‘z otasining qayig‘ida chiqardi.

Foto: News Daily

Foto: News Daily
Endilikda uning o‘z kemasi bor hamda baliq ovi xobbidan daromad manbayiga aylangan. Monkadaning aytishicha, bir yil davomida u yarim tonna baliq tutishga muvaffaq bo‘lgan.

Yelkanchi baliqning uzunligi 3,5 metrga yetadi, u soatiga 100 kilometr tezlikda suza olgani uchun dunyodagi eng chaqqon baliq hisoblanadi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring