Maradonaning shaxsiy shifokori uning o‘limida ayblanyapti

Argentina Prokuraturasi futbol afsonasi Diyego Maradonaning o‘limi yuzasidan ish ochilgan ish bo‘yicha uning shaxsiy shifokori, 39 yoshli Leopoldo Lukega ayblov e’lon qildi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Shifokor qasddan sodir etilmagan qotillik, yordam ko‘rsatmaslik va bemorni qarovsiz qoldirishd ayblanyapti. Surishtiruv Maradonaning qizi ko‘rsatma berganidan keyin boshlangan. U shifokorning harakatlari va malakasiga shubha qilgan.

Tergov doirasida politsiya shifokorning uyi va ofisida tintuv o‘tkazib, uyali telefon, kompyuter va tibbiy yozuvlarni, shu jumladan Maradonaning kasallik tarixini olib qo‘ygan.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi Diyego Maradona 25 noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga yurak huruji sabab bo‘ldi.

Ammo oradan ko‘p o‘tmay, 27 noyabrda Maradonaning o‘limi yuzasidan surishtiruv boshlandi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring