Maktab o‘quvchilari Internet orqali sinfdoshini "sotishga" harakat qilishdi

Buryatiya respublikasida maktab o‘quvchilari hazillashib sinfdoshini Internet orqali sotmoqchi bo‘lishdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Bu haqda respublikadagi bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Natalya Gankina o‘zining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, voqea Kyaxta viloyatida sodir bo‘lgan. O‘spirinlar onlayn platformalardan biriga shu ma’nodagi reklama joylashtirishgan.

Реклама на Unews

Qo‘shimcha qilinishicha, bu haqda mahalliy aholidan birining murojaatidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Uning Ichki ishlar vazirligiga qilgan murojaatidan keyin milisiya xodimlari o‘quvchilarning kimligini aniqlashgan.

Ammo ushbu fakt bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilmagan, chunki o‘spirinlar jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan. Ombudsmanning aniqlik kiritishicha, sotish to‘g‘risidagi e’lon olib tashlangan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring