London markazida birinchi marta Ramazon Yangi yildek qarshi olindi (foto)

Londonning madaniy markazi – West End'da tarixda birinchi marta Musulmon olami uchun muqaddas Ramazon oyi katta tantana bilan qarshilandi. Ko`cha 30 mingdan ortiq bayramona chiroqlar bilan yoritildi. 

 

Buyuk Britaniya poytaxtining mashhur tumani fonus va yarim oy shaklidagi chiroqlar, shuningdek, “Ramazon oyi muborak” yozuvi tushirilgan yulduzlar bilan bezatildi.  

Chiroqlarni Ramazonni nishonlayotgan Londondagi 1,3 million musulmondan biri bo`lgan London meri Sodiq Xon yoqdi. 

Реклама на Unews

 

Qayd etilishicha, bu hudud Buyuk Britaniya poytaxti umumiy aholisining qariyb 15 foizini tashkil etuvchi Londondagi Fors ko`rfazi davlatlaridan kelgan sayyohlar va musulmonlar orasida mashhur. Bu erda dunyoga mashhur savdo, ovqatlanish va ko`ngilochar maskanlar joylashgan.  

Muqaddas oyda West End'ga tashrif buyuruvchilar soni keskin oshadi.  

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring