Koronavirusning og‘ir kechishi bemorning irqiga bog‘liqmi?

Londonning qirolicha Mariya universiteti va "Barts Health NHS Trust" jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida shunday xulosaga kelindi. Bu haqda batafsil "BMJ Open" portalida maqola e’lon qilingan, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mutaxassislar 2020 yil 1 yanvardan 13 maygacha kasalxonaga yotqizilgan 16 yoshdan katta bo‘lgan 1737 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ularning 538 nafari kelib chiqishi osiyolik, 340 nafari qora tanli va yana 707 nafari oq tanli bemorlar bo‘lgan. Kuzatuvlarning 30-kunida 511 bemor hayotdan ko‘z yumgan.

Qora tanli va kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan bemorlar reanimasiya bo‘limlarida 1,5-1,8 baravar ko‘p murojaat qilgan va ular o‘pkani sun’iy shamollatish uskunalariga ulangan. 

Реклама на Unews

Bundan tashqari, kelib chiqishi osiyoliklarda oq tanlilarga qaraganda 1,49 marta, qora tanlilarga qaraganda esa 1,3 baravar ko‘p o‘lim qayd etilgan.

Reanimatolog va anestezist Yize Vanning izohlashicha, tadqiqot koronavirusning turli etnik guruhlar vakillariga nomutanosib ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring