Koronavirus quloqdan ham yuqishi mumkinligi aniqlandi

Jon Xopkins tibbiyot maktabining mutaxassislari COVID-19 virusi nafaqat burun va tomoqqa, balki quloq va bosh suyagining mastoid qismiga ham yuqishi mumkinligini aniqladilar. Tegishli tadqiqot Amerika tibbiyot uyushmasining JAMA Otolaryngology - Head and Neck Surgery jurnalida chop etilgandeb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Olimlar koronavirusdan vafot etgan uchta bemorni - 60 yoshli erkak va ayol hamda 80 yoshli ayolni tahlil qilishgan. Ayollardan birida virus o‘ng quloqda, erkakda - ikkala quloqda, chap va o‘ng mastoidlarida aniqlandi.

Tadqiqot uchun atigi uchta bemorni o‘rganish juda oz bo‘lishiga qaramay, natijalar shuni ko‘rsatadiki, quloqdagi muammolar, shu jumladan eshitish qobiliyatining yo‘qolishi COVID-19 belgisi bo‘lishi mumkin, deyiladi jurnalda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring