Indoneziyada varrak maktab o‘quvchisini uchirib ketdi (video)

Indoneziyaning Lampung (Sumatra) viloyatida 12 yoshli bola ajdarho shaklidagi ulkan varrakdan yiqilib tushdi. Bu haqda «Coconuts Jakarta» xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

1 dekabr kuni maktab yonida o‘quvchi I.R. akasi bilan varrak uchirishdi. Varrak yigitdan uch baravar katta edi. Shu bois kuchli shamol varrak bilan birga bolani ham uchirib yubordi.

Voqeaga guvoh bo‘lib turganlar zudlik bilan yordamga shoshilishdi va bolani mahalliy klinikaga olib borishdi. U yerda o‘quvchini shifoxonaga o‘tkazishdi. Shifokorlar I.R.ning qo‘li olti joyidan singanini tashxislashdi. Bola shu paytgacha ikkita operatsiyani boshidan o‘tkazdi, u sekin-asta tiklanmoqda.

I.R.ning akasi, 28 yoshli Atsilning aytishicha, varrakni boshqa ukasi uchirgan, bu ukasi faqat tutqichni ushlab turgan.
«Ukam tez-tez arqonga osilib turardi. Ammo bu safar hammasi yomon tugadi», — dedi u.

Mahalliy hokimiyat bolalarni o‘zlariga mos o‘lchamdagi varraklarni uchirishi kerakligidan ogohlantirdi. Chunki bunday hodisa birinchi marta sodir bo‘lmayapti.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring