BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Hindiston parlamentida mamlakat nomini o‘zgartirish muhokama qilinmoqda

Hindistonning qayta nomlanishi 2 iyun, seshanba kuni mamlakat Oliy sudida alohida muhokama qilindi. "Bxarat" deb nomlangan respublikaning tarafdorlari Konstitutsiyadan "Indiya" so‘zining olib tashlanishini talab  qilmoqdalar. Bu haqida "Zamin.uz" nashri yozmoqda.

India Today xabariga ko‘ra, mamlakatning nomi masalasi 1940 yillarning oxirida, Hindiston Britaniya boshqaruvidan mustaqillikka erishgan paytda qizg‘in muhokama qilingan. Hindiston nomi bilan ko‘pchilik mustamlaka o‘tmishining merosini ko‘rdilar. Ammo qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng mamlakatning ikkita nomi Konstituwiyaga kiritildi: Hindiston va Bharat.

Da’vogar Dehli shahrida istiqomat qiluvchi Nam, mamlakatning nomini belgilab beradigan va uning hududini belgilaydigan Konstitutsiyaning 1-moddasiga o‘zgartirish kiritishni talab qildi.

Konstitutsiyaning 1-moddasiga binoan Hindiston, ya’ni Bxarat - bu shtatlar ittifoqidir. Shikoyatchi "Indiya" nomi "qullikning ramzi" ekanligini aytadi. Shu bilan birga, u "Bharat" yoki "Hindustan" mamlakatning yagona nomi sifatida tan olishni istaydi.

Uning petitsiyasida aytilishicha, "inglizcha nomning olib tashlanishi, bu ramziy ko‘rinishga ega bo‘lsa ham, bizning millatimiz, ayniqsa kelajak avlodlar uchun g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi. Aslida, "Indiya" so‘zini "Bharat" so‘zi bilan almashtirish ota-bobolarimizning ozodlik uchun kurashganini tasdiqlaydi ".

So‘nggi o‘n yillarda Hindistonda ko‘plab shahar va shtatlar nomi o‘zgartirildi. Shunday qilib, Bombey uzoq vaqtdan beri Mumbay, Madras - Chennay, Kalkutta - Kolkata shahriga aylandi.

Hindistondan tashqarida ham mamlakat nomini o‘zgartirishga urinishlar uchrab turadi.

Masalan, o‘tgan yilning fevral oyida Filippin Prezidenti Duterte mamlakatni qayta nomlash va unga "Maharliya" deb nom berish mumkinligini aytdi. Orol respublikasi hanuzgacha Ispaniya qiroli Filipp II sharafiga nomlangan.

O‘tgan yili sobiq Yugoslaviya Makedoniya Respublikasi rasmiy ravishda "Shimoliy Makedoniya Respublikasi" deb nomlandi va Yunoniston bilan uzoq tortishuvga chek qo‘ydi. Chunki qo‘shni mamlakatning bir viloyati xuddi shu nomda atalgan edi.

2018 yilda Afrika qit’asining xaritasida ham o‘zgarishlar ro‘y berdi: milliy o‘ziga xoslikni mustahkamlash va qisman Shveysariya va Svazilendlarning inglizcha aytilishidagi chalkashliklarni oldini olish uchun Svazilend Esvatini Qirolligi deb nomlandi.

1989 yilda Birma Myanma deb nomlandi va bundan oldinroq, 1984 yilda Yuqori Volta - Burkina-Fasoga (bu "halol odamlarning vatani" degan ma’noni anglatadi) aylantirildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Oq uy Xitoy aviakompaniyalariga AQShga parvozlarni taqiqladi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoy aviakompaniyalariga AQShga yo‘lovchi parvozlarini bajarishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda AQSh transport vazirligining 3 iyundagi buyrug‘ida aytilgan,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri. Hujjatda taqiqlov 16 iyundan kuchga kirishi, biroq bu sana ertaroqqa ko‘chirilishi mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan. Bu Vashingtonning Pekinning AQSh aviakompaniyalariga 1 iyundan avvalgi ishlash tartibiga qaytishini rad etishiga javob bo‘lgan. AQSh aviakompaniyalari koronavirus pandemiyasi sababli Xitoyga parvozlarni qisqartirishiga to‘g‘ri kelgandi. “Xitoyning iltimosimizni ma’qullay olmasligi havo transporti haqidagi kelishuvimizning buzilishi hisoblanadi”, deyilgan AQSh transport vazirligi hujjatida. Ushbu taqiqlov Air China, Beijing Capital Airlines, China Eastern Airlines, China Southern Airlines, Hainan Airlines, Sichuan Airlines va Xiamen Airlines aviakompaniyalarini qamrab oladi. 22 may kuni Vashington Pekinni AQSh aviakompaniyalariga parvozlarni qayta boshlashga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblagandi va Xitoyning Air China, China Eastern Airlines, China Southern Airlines va Hainan Airlines aviakompaniyalariga AQSh transport vazirligiga o‘z reyslari jadvali va ular haqida boshqa ma’lumotlar taqdim qilishni majburlab qo‘ygan. Vazirlik Xitoy aviakompaniyalari reyslarini “amaldagi qonunchilikka zid yoki jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi” deb topishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring