Hindiston koronavirusga qarshi vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini ma’lum qildi

Shu yil oxirigacha Hindiston koronavirusga qarshi o‘z vaksinasini ishlab chiqarishi mumkin. Bu haqda 23- avgust kuni sog‘liqni saqlash vaziri Xarsh Vardxan ma’lum qilgan,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Hammasi yaxshi bo‘lishidan umid qilaman. Hindiston shu yil oxirigacha koronavirusga qarshi o‘z vaksinasiga ega bo‘ladi. Hozircha biz kuzatish, sinash va davolashga e’tiborimizni qaratayotgan bir paytda olimlarimiz koronavirusni iloji boricha tezroq yengish uchun vaksina yaratish ustida ishlashmoqda», — deb yozadi u «Twitter»da.

Hindiston tibbiy tadqiqotlar kengashi bosh direktori Balram Bxargavning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda «Bharat Biotech» va «Zydus Cadila» kompaniyalari uchta vaksina ustida ish olib borishmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring