Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 millionga yetdi

Dunyoda COVID-19 infeksiyasi aniqlangan insonlar soni 30 millionga yetdi. Koronavirusga doir statistikani real vaqt rejimida berib boruvchi Jons Xopkins universiteti ma’lumotlari bundan darak bermoqda. Koronavirusga chalinganlar soni 14 sentyabrdan buyon yana bir millionga ko‘paydi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  • AQSh – 6,7 mln;
  • Hindiston – 5,1 mln;
  • Braziliya – 4,4 mln;
  • Rossiya – 1,1 mln;
  • Peru – 744 ming.

Eng ko‘p AQSh (198 ming), Braziliya (134 ming), Hindiston (83 ming), Meksika (72 ming) hamda Braziliya (42 ming) fuqarolari vafot etgan. O‘zbekiston (415) bu ro‘yxatda 73 o‘rinda.

Реклама на Unews

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida koronavirus aniqlanishi va o‘limi statistikasi:

  • Qozog‘iston – 107 134 (1671 kishi vafot etgan);
  • O‘zbekiston – 49 994 (415);
  • Qirg‘iston – 45 244 (1063);
  • Afg‘oniston – 38 872 (1436);
  • Tojikiston – 9 214 (73).
  • Turkmaniston – rasman 0.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) sentyabr oyida bir necha marotaba kuniga koronavirus bilan kasallanganlar sonining ko‘payganligini qayd etdi. Avstriya va Chexiya allaqachon ikkinchi to‘lqin boshlanganligini e’lon qilishdi. Isroil qattiq karantin cheklovlariga qaytgan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘ldi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring