Dunyoda ilk bor koronavirusni qayta yuqtirgan odam kasallikdan vafot etdi

Bunday voqea Niderlandiyada ro`y berdi, deya xabar qildi mazkur mamlakatning “BNO News” axborot agentligi. Bu haqda platforma yozmoqda.

Aytilishicha, saraton xastaligiga chalingan 89 yoshli ayol hayotdan ko`z yumgan. Iyul oyida unda COVID-19 aniqlangan va o`sha vaqtda u davolanib, infeksiyadan xalos bo`lgandi. Biroq, ikki oydan keyin ayolga takroran koronavirus tashxisi qo`yildi. COVID-19 qayd etilganidan keyingi sakkizinchi kunda bemorning ahvoli og`irlashdi. Ikki haftadan so`ng esa u vafot etdi.

Bugungi kungacha jahon bo`yicha koronavirusning qaytalanishi bilan bog`liq 23 ta holat aniqlangan.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring