Chaqaloq o‘zining dafn marosimida yig‘lab yubordi

Hindistonning Rajaston shtatida tibbiyot xodimlarining xatosi tufayli o‘lik deb topilgan yangi tug‘ilgan qizaloq o‘zining dafn marosimida yig‘lab yubordi. Bu haqda «Times of India» xabar berdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Nashrning yozishicha, tug‘uruqni qabul qilgan hamshira go‘dakni o‘lik tug‘ildi deb o‘ylagan. Shundan so‘ng uni polietilen xaltaga o‘rab, ko‘mib kelish uchun onasining qo‘liga tutqazgan.

Chaqaloqning qarindoshlari dafn marosimiga hozirlik ko‘rishayotgan paytda qizaloq birdan yig‘lab yuborgan. Otasi shu zahoti «Tez yordam» chaqirgan. Baxtga qarshi, shifokorlar oradan bir yarim soat o‘tgach yetib kelishgan. Bu vaqtga kelib qizaloqning ahvoli yomonlashib, jon taslim qilgan.

Реклама на Unews

Go‘dakning oilasi shifoxona xodimlarini sovuqqonlikda ayblashmoqda. Tibbiyot xodimlari o‘z ayblarini inkor etishmoqda. Ular qarindoshlari o‘lim holati rasman tasdiqlanmasdan go‘dakni olib ketishganini ta’kidlashmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring