Britaniya razvedkasi Ukrainadagi vaziyat yuzasidan hisobot berdi

Buyuk Britaniya razvedka hizmati Ukrainadagi ayni vaqtdagi vaziyat haqida hisobot taqdim etdi.

 

 

— Xersondagi Rossiya tomonidan o‘rnatilgan harbiy-fuqarolik ma’muriyati Rossiyadan Xerson viloyatini Rossiya Federasiyasi tarkibiga kiritishni so‘rashini e’lon qildi;

Реклама на Unews

 

 

— Rossiyaning dastlabki rejasining muhim qismi Ukrainaning aksar viloyatlarini uzoq muddatli rossiyaparast boshqaruv ostida joylashtirish uchun soxta referendumlardan foydalanish edi;

 

Реклама на Unews

— Rossiya faqat Xersonda rossiyaparast mahalliy rahbarlikni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganligi, Rossiya bosqinining Ukrainadagi siyosiy maqsadlari sari olg‘a siljishga qodir emasligini ko‘rsatadi;

 

— Agar Rossiya Xersonga qo‘shilish uchun referendum o‘tkazsa, u Ukrainadan chiqish tarafdori bo‘lgan aniq ko‘pchilikni ko‘rsatish uchun natijalarni manipulyasiya qiladi. Xerson viloyati fuqarolari Rossiya bosqinchiligidan noroziligini namoyish etishda davom etadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring