BMT xodimi Turkiyada halok bo`ldi

U  kurortda qor ko`chkisi ostida qolib ketgan.

Turkiyaning Kayseri viloyatidagi Erjies tog`-chang`i kurortida BMT xodimi halok bo`ldi. Bu haqda Sabah nashriga tayanib, Zamon.uz' xabar bermoqda. 

Ta`kidlanishicha, 3 nafar Kanada fuqarosi 2700 metr balandlikda kurortdagi maxsus jihozlangan chang`i yo`lagidan chiqib ketgan va qor ko`chkisi ostida qolgan.

Реклама на Unews

Natijada ulardan biri vafot etdi.

Qayd etilishicha, qurbon bo`lgan 45 yoshli erkak BMTning Turkiyaning Gaziantep shahridagi vakolatxonasi xodimi bo`lgan. Meteorologlarning ma`lumotlariga ko`ra, o`sha kuni chang`i markazi hududida shamol tezligi soatiga 25 km ga etgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring