Bir haftada 4 millionga yaqin COVID-19 holati aniqlandi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida dunyoda koronavirusga chalinganlar soni qariyb 4 milliontaga ko‘paydi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

JSSTning xabar berishicha, 29-noyabr holatiga ko‘ra dunyoda 61,8 milliondan ziyod COVID-19 holati qayd etildi. Shunga qaramay, o‘tgan haftadagi o‘sish (3 935 330) bir hafta oldingi ko‘rsatkichga (4 060 891) qaraganda pastroq bo‘ldi.

Pandemiya boshlangandan buyon vafot etgan bemorlar soni 1,4 million kishidan oshdi. O‘tgan hafta ichida 69 ming kishi hayotdan ko‘z yumdi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta o‘lim holati eng ko‘p o‘sishi Shimoliy va Janubiy Amerikada kuzatilgan.

Реклама на Unews

Sentyabr oyidan boshlab har hafta COVID-19 bilan kasallanganlar soni oldingi haftadagi ko‘rsatkichlardan oshib, rekord darajaga yetgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni yangi COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deya e’lon qildi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring