AQShda akusher-ginekolog 9000 ga yaqin farzandning otasi bo‘ldi. "Qanday?"

Amerikaning Michigan shtatidagi Detroyt shahridan bo‘lgan shifokor o‘nlab yillar davomida bemorlarni "urug‘lantirdi" va natijada to‘qqiz mingga yaqin bolalarning otasi bo‘ldi. Bu haqda Sun gazetasi xabar bermoqda, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

104 yoshli Filipp Peven 40 yildan beri oilaviy shifokor bo‘lib ishlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, u muntazam ravishda homilador bo‘lishni istagan mijozlar uchun "urug‘lantiruvchi donor" bo‘lib xizmat qilgan. O‘tgan yili uning biologik qizlaridan biri Xaym Xoll biologik otasini topishga qaror qildi va DNK tekshiruvidan o‘tdi. Natijada, uning biologik ota Peven ekanligini bilib oldi.

23andMe biotexnika kompaniyasining veb-sayti tufayli u opa-singillarini topdi. "Biz hammamiz bitta kasalxonada tug‘ilganmiz va Peven bizning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomamizda ota emas, akusher-ginekolog sifatida qayd etilgan", deydi Michigan shtatining Travers Siti shahridan 61 yoshli Xoll.

Реклама на Unews

U saytda topgan barcha potensial qarindoshlari bilan aloqa qilishni boshladi. 2020 yil yanvar oyida Xoll o‘zining singlisi bilan topishdi va Peven bilan uchrashishga qaror qildi. Iste’fodagi shifokor o‘z materiallarini mijozlarni "urug‘lantirish" uchun ishlatganligini tushuntirdi. Ba’zida uning hamkasblari donor sifatida harakat qilishgan, dedi u.

Peven o‘zini sun’iy urug‘lantirishning kashshofi deb ta’rifladi. Unga ko‘ra, u 1947 yildan beri Chikagodagi o‘qishdan keyin "urug‘lantiruvchi donor" bo‘lib kelgan.

O‘sha yillarda, sobiq shifokor, bir kun kelib odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni DNK testi yordamida osongina aniqlash mumkinligini tasavvur qilolmagan edi. 

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring