AQSh pandemiyadan qiynalgan Markaziy Osiyo muhojirlari uchun 2 million dollar ajratadi

AQSh hukumati, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) orqali, COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratadi. Bu haqda AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi,  deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Ushbu yordam USAID tomonidan moliyalashtirilgan va “Winrock International” amalga oshirayotgan “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida taqdim etilib, u o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.

“COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyodagi millionlab muhojirlarning gumanitar va moliyaviy inqiroziga olib keldi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo bo‘ylab tranzit va o‘tish joylarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Реклама на Unews

Ish va chetdan yuborilayotgan pul mablag‘larini yo‘qotish oilalarni tegishli resurslarsiz hamda huquqiy himoyasiz qoldirdi. Migrantlar, shuningdek, o‘zlarini virusdan qanday himoya qilish to‘g‘risida ma’lumot va resurslarga ega emas.

USAID “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida juda zarur bo‘lgan yordamni taqdim etadi, shu jumladan axborot manbalari bilan ta’minlaydi, asosiy xizmatlarga yo‘llanmalar beradi, muqobil turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi, muhojirlarga ushbu qiyin vaziyatni yengishda yordam berish uchun ko‘nikmalar va treninglar o‘tkazadi. Loyiha, shuningdek, yuridik va psixologik yordam ko‘rsatish orqali muhojirlarning huquqlarini himoya qiladi,“ — deyiladi elchixona xabarida.

“Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi Markaziy Osiyoning besh respublikasiga dalillarga asoslangan amaliyot va transchegaraviy munosabatlarda o‘zaro javobgarlikni kuchaytirish, odam savdosining oldini olish, jabrlanganlarni himoya qilish va xavfsizligini kuchaytirishda hukumatlar, NNTlar va xususiy sektorning samaradorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Реклама на Unews

Armaniston Bosh vaziri mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqinini e’lon qildi

Jonli ijroda o‘tkazilgan konsertlar uchun ijara to‘lovidan 50 foiz chegirma beriladi

COVID-19 ga qarshi "umid" qilingan dorilardan birining sinovi to'xtatildi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring