AQSh Afg`onistondagi samolyotlarini O`zbekistonga berishi mumkin

AQSh O`zbekiston va Tojikistonning Afg`onistonda terroristlarga qarshi kurashda yordam berishi evaziga ushbu davlatlarga ellikka yaqin harbiy samolyoti va vertolyotlarini berish imkoniyatini ko`rib chiqmoqda. Bu haqda Politico onlayn-nashri ma`lum qildi, deya xabar bermoqda “zamon.uz”.

Gap Amerikaning o`tgan yili afg`on uchuvchilari toliblardan omon qolish uchun O`zbekiston bilan Tojikistonga olib qochib o`tgan samolyot va vertolyotlar haqida ketmoqda.  

 

«Reja shundaki, O`zbekiston va Tojikiston chegaralarini qo`riqlashdagi  xavfsizlikni kuchaytirish va terrorchilikka qarshi kurash sohasida munosabatlarni chuqurlashtirish bo`yicha  norasmiy kelishuvga ko`ra, havo kemalarining ayrimlarini O`zbekiston va Tojikiston hukumatiga berish», – degan xabarda ismini sir tutgan mansabdor.  

Реклама на Unews

Politico nashrining yozishicha, «Tolibon» qo`shnilaridan AQSh Afg`onistonda ag`darilgan hukumatni ta`minlab kelgan engil jangovar samolyotlar va vertolyotlarni qaytarib berishni talab qilib kelmoqda. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring