"85 nafar o`zbekistonlik hibsga olingan". Moskvadagi mehnat migrantlari o`rtasidagi janjal yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Avvalroq, Moskvada tojik-o`zbek migrantlari o`rtasida mushtlashuv sodir bo`lgani xabar qilingan edi. Ayni paytda Moskvada mehnat migrantlari ishtirokida yuz bergan ommaviy mushtlashuv yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot xizmati ma`lumot berdi. 

Ta`kidlanishicha, ushbu holat yuzasidan Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Elchixona bilan birgalikda o`rganish ishlarini boshlagan.

Dastlabki o`rganishlar natijasida ma`lum bo`lishicha, 2022 yilning 1 aprel kuni korxonada ishlovchi ikki xodim o`rtasida o`zaro kelishmovchilik oqibatida mushtlashuv yuz bergan va keyinchalik mushtlashuvga ikki tomondan ham ishchilar aralashib ketgan.

Реклама на Unews

Ish beruvchi vakillari tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, hozirgi vaqtda 41 nafar tojikistonlik va 85 nafar o`zbekistonlik mehnat migrantlari hibsga olingan. Ularning 20 nafariga nisbatan deportasiya qilish chorasi qo`llanishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi Elchixona bilan birgalikda vakolatli tashkilotlar orqali mazkur masalani ijobiy hal etish choralarini ko`rmoqda.

Shu o`rinda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimizdan ushbu davlat qonunlariga rioya qilishni, nizoli vaziyatlarga aralashmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni so`raydi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring