2014 yilning eng yaxshi terapevti koronavirusdan vafot etdi

Voronej viloyatining Pavlovsk tuman kasalxonasi shifokori, 2014 yilda Rossiyada eng yaxshi terapevt sifatida tan olingan Yelena Minakova koronavirus infeksiyasidan vafot etdi. Bu haqida "Aniq.uz" nashri xabar bermoqda.

Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, umrining so‘nggi daqiqalariga qadar koronavirusga qarshi kurashgan va boshqa bemorlarga ham qo‘lidan kelgancha yordam bergan shifokor 3 iyul, juma kuni 57 yoshida vafot etgan.

Реклама на Unews

Viloyat gubernatori Aleksandr Gusev Yelena Minakovaning o‘limi munosabati bilan oilasi, do‘stlari va hamkasblariga hamdardlik bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 35 yillik faoliyati davomida Elena Minakovaning qo‘lidan ko‘plab bemorlar o‘tgan. Gusevning ta’kidlashicha, Rossiyadagi eng yaxshi terapevt koronavirusga qarshi kurashda faol ishtirok etgan.

“Ko‘plab insonlar ushbu kasallikni yengishda yordam bergani uchun undan juda minnatdor. Ammo, afsuski, Yelena Vasilyevnaning o‘zi  koronavirus bilan bo‘lgan jangda g‘alaba qozona olmadi”, - deya qo‘shimcha qilgan gubernator.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring