Yaqin ikki kun ichida qor yog‘ishi kutilmoqda

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Yaqin ikki kun ichida Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlaridan tashqari, O‘zbekistonning aksariyat hududlarida biroz qor yog‘ishi mumkin. Tun vaqtlarida havo ayozli bo‘ladi.

7 dekabr kuni O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga qarab esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yomg‘ir va qor yog‘ishi mumkin.

Harorat foni me’yoriy qiymatlardan 6−8 darajaga past bo‘lishi saqlanib turadi va 0−5 daraja iliqni tashkil etadi.

Реклама на Unews

Ertaga, 8 dekabrda mamlakatning ba’zi hududlarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi. 10−11 dekabrda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Hafta davomida havo harorati kechalari 2−7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0−5 daraja iliq atrofida bo‘ladi, shuningdek bu kunlarning iqlimiy me’yoridan 6−9 darajaga past bo‘ladi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий