Xitoyda suv toshqini natijasida uch kishi halok bo‘ldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xitoyning Guychjou vailoyati janubi-g‘arbida kuchli suv toshqinlari natijasida uch kishi halok bo‘ldi, 10 ming kishi xavfsiz joyga ko‘chirildi, deya xabar berdi «Sinxua» agentligi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, suv toshqini, ayniqsa, Tunszi va Yanxe tumanlarida avjiga chiqqan. Kuchli suv toshqini Tunszida aholi turar joylarini oqizib ketgan, uch kishi halok bo‘lgan. Mahalliy hokimiyat yordam sifatida 2 million yuan (taxminan 283 ming dollar), vaqtinchalik palatka va kiyim-kechaklar ajratgan.

Dushanba kuni tongdan seshanba kuni tonggacha Guychjou viloyatining shahar va tumanlarida jala quygan. Ma’murlar viloyatning 86,4 foiz hududida ob-havo xavfini e’lon qildi. Meteorologlar yomg‘ir yog‘ishi davom etishini taxmin qilmoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий