Vaksinatsiyadan so‘ng qachon koronavirusga qarshi immunitet paydo bo‘ladi?
2911 23-01-2021 0 МирИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng infeksiyaga qarshi immunitet 32-45 kundan erta hosil bo‘lmaydi. Bu haqda Rospotrebnadzor Markaziy ilmiy-tadqiqot epidemiologiya instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aleksandr Gorelov «Doktor» telekanali efirida aytib o‘tdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.
«To‘rtta inkubatsiya davri — 56 kundan keyin antitanachalarning maksimal soni hosil bo‘ladi. Shundan keyingina ko‘ksimizni to‘ldirib bemalol nafas olsak bo‘ladi. Biroq bu niqob taqmaslik kerakligini anglatmaydi», — dedi mutaxassis.
Avvalroq Gorelov COVID-19ni boshidan o‘tkazgan rossiyaliklar to‘qqiz oy davomida — 2021 yilning kuzigacha koronavirusga qarshi emlanmasliklari mumkinligini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu odamlar «mutlaqo xotirjam» bo‘lishlari mumkin.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.