"Uzbekistan Airways" yo`lovchilar uchun yana bir xizmat turini taqdim etdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

2021 yil 1 martdan boshlab "Uzbekistan Airways" AJ yo`lovchilari yangi  xizmat turi - aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro`yxatdan o`tish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin. Bu haqda kompaniya Axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu xizmat yo`lovchilarga aeroportdagi ro`yxatdan o`tish punktida navbatda turmaslikka va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi. 

Endi har kim uydan chiqmasdan vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga ro`yxatdan o`tish xizmatidan foydalanishi hamda COVID-19 virusi tarqalishi sharoitida istalmagan aloqalarni kamaytirishi mumkin.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий