“UzAutoMotors” Asaka zavodi yanvar oyida faoliyatini to‘xtatadi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish maqsadida 2021 yil yanvar oyida “UzAutoMotors” Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha to‘xtatish rejalashtirilgan. Bu haqda “O‘zavtosanoat” rasmiy saytida xabar berildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, GM kompaniyasidagi hamkorlar bilan samarali ishlar olib borilgan, natijada “UzAutoMotors” rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qo‘lga kiritgan. Kelgusi yaqin yillarda GM tizimidagi eng yuqori BIQ NEXT sifat darajasini olish maqsad qilib olingan.

Shu bilan bir vaqtda, Respublikaning barcha hududlaridagi ”Chevrolet” dilerlik tarmog‘i yangi standartlarga o‘tkaziladi. Bundan avval dilerlik tarmog‘ini “Chevrolet” brendiga o‘tkazish ishlari eksport bozorlarida boshlangan edi. Yangi standartlarga javob bermaydigan dilerlarning shartnomalari bekor qilinadi.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


1 комментарии

Написать комментарий
  1. 25-12-2020 Akobir

    zavod yopiliptimi deb, xursand bulipmiz.😶😒

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии