Urgutdagi bozorda fuqaro qo‘shnisining boshiga bolta bilan urdi. Qo‘shnisi o‘ldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumani "Dehqonobod" dehqon bozorida qotillik sodir bo‘lganligi haqida xabar chiqarilgan.

2021 yil 31 dekabr kuni Urgut tumanida joylashgan “Dehqonobod dehqon bozori” yaqinida 1992 yilda tug‘ilgan fuqaro B.X. qo‘shnisini oldindan o‘rtalarida bo‘lgan kelishmovchilik sababli qo‘lida bo‘lgan temir bolta bilan uning bosh va bo‘yin sohasiga ikki marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, jabrlanuvchi 3 yanvar kuni vafot etgan.

Реклама на Unews

Mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий