Urganch xalqaro aeroportida qizlarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga jo`natayotgan ayollar qo`lga olindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva shahar bo`limi tomonidan Xorazm viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.A. va M.S. fuqaro Z.N.ni 500 AQSh dollari evaziga Turkiya davlatiga foxishalik bilan shug`ullanishga yuborishga kelishib, “B.A.” islmi shaxs orqali aviachipta olib berishib, aviachipta pullarini ishlab pul topgandan keyin hisob-kitob qilish sharti bilan uni Urganch xalqaro aeroportidan Turkiya davlatiga yuborayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bu haqda Prokuratura departamenti xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha yuborilgan.

 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий