Trampga Baydenning g‘alabasiga tayyorlanishni maslahat berishdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning atrofidagilar unga Jo Baydenning g‘alabasiga tayyorlanishni maslahat berishdi. Bu haqda The Washington Post manbalarga asoslanib xabar bermoqda,  deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Trampning maslahatchilari u bilan saylovdagi mag‘lubiyatni muhokama qilishmoqda. Shu bilan birga, siyosatchi an’anaviy nutqdan voz kechdi, Tramp o‘zining mag‘lubiyatini tan olganini ma’lum qilishi kerak edi. Gazetaning yozishicha, Tramp ovozlar o‘g‘irlangan, degan da’vosida qat’iy qolmoqchi.

Nashr manbalarining xabar berishicha, hozirda Tramp atrofidagilar ikki lagerga bo‘lingan. Asosan uning oila a’zolaridan tashkil topgan birinchi guruh u hali ham g‘alaba qozonishi mumkin deb hisoblaydi va siyosatchi g‘alaba uchun kurashishni davom ettirishini talab qiladi. Maslahatchilar va hukumat a’zolari esa amaldagi prezident allaqachon mag‘lub bo‘lgan degan fikrda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


1 комментарии

Написать комментарий
  1. 08-11-2020 ....

    Trampni qòllab quvvatlayman

    Ответить на этот комментарий

Написать комментарий

просмотреть все комментарии