Toshloq tumanida o‘g‘rilikka qo‘l urgan ayol fosh bo‘ldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Do‘stlik mahalla hududida yashovchi D.T IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 19 iyul kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan 200 AQSh dollari va 8.850.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandlari (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni K.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий