Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioniga ishga kirish 1500 dollarmi?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.U. va M.X.lar oldindan til biriktirib, fuqaro A.ning ishonchiga kirishib, uni tanishlari orqali Chilonzor tumanida joylashgan “Bunyodkor” stadionining qo‘riqlash xizmatiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Mazkur holat yuzasidan X.U. va M.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий