Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochiladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochiladi   05.01.2021   7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida ochiq muz maydoni ishga tushirilmoqda. «Ochiq osmon ostidagi shahar muz maydoni» loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi hamda “Art Uz Promotion Agency” tomonidan poytaxt hokimligi qo`llab-quvvatlashi ostida o`tkazilmoqda. Maqsad – aholi orasida sog`lom turmush tarzi hamda sportni keng targ`ib qilish. Bosh vazir o`rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi Aziz Abduhakimov mas`ullar bilan muz maydonida bo`lib, loyiha ochilishi bilan bog`liq masalalarni muhokama qildi. Shahar markazidagi muz maydoni bir oy muddatga o`rnatiladi.

Bu vaqt mobaynida ochiq osmon ostidagi muz maydonida qator madaniy-ko`ngilochar va sport tadbirlari o`tkaziladi. Konsert zonasida “Dance Music Fest Winter”, “Iosis Fest”, “Tashkent Rap Festival” musiqiy festivallari, shuningdek xokkey bo`yicha o`smirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. 2021 yilning 7 yanvar kuni Shahar muz maydoni ochilishi doirasida Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish bo`yicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin o`zining «Qish» dasturi bilan ishtirok etishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochilishida o`zbek estradasi yulduzlarining konserti tashkil etiladi. Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan fudkort zona xizmati yo`lga qo`yilib, unda poytaxtimizning tez ovqatlanish, qandolatchilik va qahva brendlari faoliyat yuritadi. Maydon oldida chang`i va boshqa uchish aksessuarlari ijarasi punkti xizmati yo`lga qo`yiladi deya O`zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi xabar bermoqda.

Реклама на Unews

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий