Toshkentda ichimlik suvi tariflarini keskin oshirish taklif etilmoqda
2896 16-12-2020 1 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Toshkent shahar hokimining poytaxtda ichimlik suvi uchun tariflarni oshirishni nazarda tutuvchi Qarori muhokama uchun joylashtirildi.
Unga ko`ra, “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd.so`m, hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd.so`m zarar ko`rgan.
Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan ichimlik suvi va kanalizasiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan ko`rib chiqish uchun Ishchi guruh tuzilishi so`ralmoqda.
Реклама на Unews
Yangi taklif etilayotgan tariflarda quyidagi narx darajalarida belgilanmoqda.
1 metr kub ichimlik suvi uchun tariflar:
- aholi, byudjet va ulgurji iste`molchilar uchun (qo`shimcha qiymat solig`isiz) 310 so`mdan 500 so`mga (161,2%)ga
Реклама на Unews
-tijorat tashkilotlari uchun 730 so`mdan 1500 so`mga (205,4%) ga o`sishi;
Hamda kanalizasiya xizmatlari uchun tariflar:
- aholi, byudjet va ulgurji iste`molchilar uchun (qo`shimcha qiymat solig`isiz) 250 so`mdan 350 so`mga (140,0%)ga
- tijorat tashkilotlari uchun 460 so`mdan 820 so`mga (178,2%) ga o`sishi kutilmoqda.
Shuningdek, qaror rejasiga ko`ra, yaqin yillar ichida “Toshkent suv ta`minoti” MChJi barcha suv inshootlarida, katta suv tarmoqlardagi xarakterli nuqtalarda, 3-chi bosqich nasos stansiyalari va tasarrufidagi xududlariga zamonaviy distansion boshqaruvdagi zulfin (zadvijka) va zatvorlar, bosim sozlovchi regulyatorlar, ignali klapanlar, vantuzlar o`rnatilishi mo`ljallanmoqda. Mazkur loyixalar o`z navbatida ichimlik suv uzatilishini qisqarishiga hamda eletr energiyasi iste`molini 2020 yilda rejadagi 198 mln kVt ga kamayishiga olib keladi.
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.
U-bu tashkilot narh- navoni tushirish haqidayam ariza bervottimi, pandemiya davrida kun kechirish borgan sari orqaga tortvotgan payitda endi bu ahvolmi oddiy halqni yashashga haqqi yo'q ekande a???