Toshkentda ichimlik suvi tariflarini keskin oshirish taklif etilmoqda

Toshkent shahar hokimining poytaxtda ichimlik suvi uchun tariflarni oshirishni nazarda tutuvchi Qarori muhokama uchun joylashtirildi. 

Unga ko`ra, “Toshkent shahar suv ta`minoti” MChJ 2019 yilda moliyaviy iqtisodiy faoliyatdan 58,8 mlrd.so`m, hamda 2020 yil 8 oyligida 21,3 mlrd.so`m zarar ko`rgan.

Jamiyatning moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, jamiyat tomonidan taqdim qilinayotgan  ichimlik suvi va kanalizasiya xizmati uchun ishlab chiqilgan tariflarni qaytadan ko`rib chiqish uchun Ishchi guruh tuzilishi so`ralmoqda.

Реклама на Unews

 Yangi taklif etilayotgan tariflarda quyidagi narx darajalarida belgilanmoqda.

1 metr kub ichimlik suvi uchun tariflar:

- aholi, byudjet va ulgurji iste`molchilar uchun (qo`shimcha qiymat solig`isiz) 310 so`mdan 500 so`mga (161,2%)ga

Реклама на Unews

-tijorat tashkilotlari uchun 730 so`mdan 1500 so`mga (205,4%) ga o`sishi;

Hamda kanalizasiya xizmatlari uchun tariflar:

- aholi, byudjet va ulgurji iste`molchilar uchun (qo`shimcha qiymat solig`isiz) 250 so`mdan 350 so`mga (140,0%)ga

- tijorat tashkilotlari uchun 460 so`mdan 820 so`mga (178,2%) ga o`sishi kutilmoqda.

Shuningdek, qaror rejasiga ko`ra, yaqin yillar ichida “Toshkent suv ta`minoti” MChJi barcha suv inshootlarida, katta suv tarmoqlardagi xarakterli nuqtalarda, 3-chi bosqich nasos stansiyalari va tasarrufidagi xududlariga zamonaviy distansion boshqaruvdagi zulfin (zadvijka) va zatvorlar, bosim sozlovchi regulyatorlar, ignali klapanlar, vantuzlar o`rnatilishi mo`ljallanmoqda.  Mazkur loyixalar o`z navbatida ichimlik suv uzatilishini qisqarishiga hamda eletr energiyasi iste`molini  2020 yilda rejadagi 198 mln kVt ga kamayishiga olib keladi.   

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring! 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 17-12-2020 cayot

    U-bu tashkilot narh- navoni tushirish haqidayam ariza bervottimi, pandemiya davrida kun kechirish borgan sari orqaga tortvotgan payitda endi bu ahvolmi oddiy halqni yashashga haqqi yo'q ekande a???

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish