Toshkent tumanida terroristik tashkilotning yashirin jamoati a`zolari qo`lga olindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Joriy yilning 23 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi DXX va IIV tomonidan Toshkent viloyatining Toshkent tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida «Katiba Tavhid val-Jihod» terroristik tashkilotining yashirin jamoati a`zolari, mazkur tashkilot g`oyalarini targ`ib qilish bilan shug`ullanib kelayotganliklari aniqlandi va ular qo`lga olindi.

Ular jamoat bo`lib shakllanishlari davomida turli diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g`oyaviy rahnamolari hisoblangan "Abdulloh Zufar" va "Sodiq Samarqandiy"ning audio va video ma`ruzalarini tarqatgan holda saflarini kengaytirish bilan shug`ullanishgan.  

Bundan tashqari, jamoat a`zolari Suriyadagi jangarilarga yordam berish maqsadida moddiy mablag`larni to`plab kelishgan va ularning saflariga qo`shilishni maqsad qilishgan.

Реклама на Unews

Holat yuzasidan Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий