Tojikistonda muzliklarning erishi tezlashyapti

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Tojikistonda oxirgi yillarda muzliklar soni kamayib bormoqda. Bu haqda respublika atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi raisi Bahodur Sheralizoda xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi, ayniqsa, issiqlik ta’siri natijasida muzliklarning erish tezligi yanada tezlashgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har yili muz blokining maydoni 1,3 kvadrat metrgacha qisqaradi. 

Реклама на Unews

“Atmosferaga issiqxona gazlari minimal miqdorda chiqayotganiga qaramay, Tojikiston iqlim o‘zgarishi ta’siriga eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi”, deydi Sheralizoda.

Ma’lumot o‘rnida, Tojikistonda muzliklar mamlakat hududining 6 foizini egallaydi. Aynan ular Markaziy Osiyoning deyarli barcha qismini chuchuk suv bilan ta’minlaydi. Tojikistonda muzliklarni saqlash jamg‘armasini tashkil etish taklif qilinmoqda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий