Ta’lim inspeksiyasi: OTMga hujjat topshirishdan avval uning lisenziyasini tekshiring
1548 14-05-2022 0 У насИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Lisenziyasi yo‘q nodavlat OTMlarga aldanib qolmang, deb ota-onalarni hushyorlikka chaqirdi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Inspeksiya axborot xizmati rahbari Shavkat Xo‘jaqulov aytishiga ko‘ra, abituriyentlar va ularning ota-onalari qaysidir nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga pul to‘lashdan avval ularning lisenziyasi bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishlari kerak.
“Lisenziyaga hujjat topshirganmiz, yaqinda berishadi, ungacha o‘qib turavering kabi gaplarga ishonib qolmang”, deydi Shavkat Xo‘jaqulov.
Реклама на Unews
Nodavlat OTM tomonidan beriladigan diplomlar O‘zbekistondagi boshqa oliy ta’lim muassasalari diplomlari qatorida tan olinadi.
Aytilishicha, ayrim holatlarda lisenziyaga ega bo‘lmagan yoki faqatgina o‘quv markazi huquqiga ega bo‘lgan ba’zi tashkilotlar o‘zini xususiy oliygoh sifatida tanishtirib abituriyentlarni o‘qishga jalb qilmoqda.
Lisenziya olmagan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar tan olinmaydi. Shavkat Xo‘jaqulovning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda nodavlat oliy ta’lim tashkiloti sifatida lisenziya olishda hech qanday yo‘q.
Реклама на Unews
Ma’lumot uchun, 2018 – 2020 yillar oralig‘ida lisenziyaga ega bo‘lgan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari soni 13 tani tashkil etgan bo‘lsa, o‘tgan yilning o‘zida 21 ta nodavlat oliy ta’lim tashkiloti lisenziyalandi.
Lisenziyasi bor nodavlat OTM ro‘yxati bilan Ta’lim inspeksiyasi sayti orqali tanishish mumkin.
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.