Suv muammosi: Yangiyo‘l aholisi ham ichimlik suvisiz qoldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri hududidan o‘tuvchi ichimlik suvi quvurida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida 2021 yil 12 yanvar kuni soat 06:00 dan 20:00 ga qadar “Gulbahor” hamda “Niyozbosh” suv inshootlarida nasos agregati to‘xtatiladi, deb yozmoqda  "Qalampir.uz" nashri.

“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ axborot xizmatiga ko‘ra, Yangiyo‘l shahar “Farovon”, “Fayzli”, “Oltinobod”, “Turkiston”, “Mustaqillik”, “Mevazor”, “Ramadon”, “Sabo”, “Navro‘z”, “Ishchilar shaharchasi”, “Olmos”, “Mezon”, “Yangibog‘”, “Baxt” MFYlari hududlarida ichimlik suvi bosimi pastligi va uzilishlar, Yangiyo‘l tuman “Farovon”, “Guliston”, “Namuna”, “Binokor”, “Gulbog‘”, “Madaniyat”, “Paxta”, “Niyozbosh”, “O‘zbekiston”, “Qirsadoq” MFYlari hududlarida ichimlik suvi taminotida uzilishlar yuzaga keladi.

Ushbu nosozliklar Yangiyo‘l shahar bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan bartaraf etilganidan so‘ng ichimlik suvi ta’minoti bir me’yorda uzatiladi.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati “Xonobod-Andijon” markaziy suv quvuri yorilib ketgani va undan katta miqdordagi suv otilib chiqayotgani sababli ayrim hududlarda ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatilgani oqibatida aholi suv g‘amlayotgani haqida xabar bergan edik. 

Andijondan so‘ng, Namangan viloyatidagi “Paxtaliko‘l” suv uzatish inshootida D-1000 millimetrli yuqori bosimli magistral tarmoqlarda favqulodda nosozlik sodir bo‘lgani sababli, mazkur inshoot faoliyati soat 10:00 dan boshlab vaqtinchalik to‘xtatilgani xabar qilindi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий