Shols va Makron Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Natija qanday?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Shols va Makron Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Natija qanday? Bu haqda "BBC news" nashri xabar bermoqda.

Yevropa Ittifoqining ikki yirik davlati Fransiya va Germaniya rahbarlari Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan yana telefon orqali gaplashib, ukrainaliklarni o‘qqa tutishni to‘xtatish kerakligini so‘rashdi.

Uch kishilik suhbat taxminan bir soat davom etdi, dedi Germaniya kansleri Olaf Sholsning vakili. Bungacha har ikki yetakchi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan gaplashgan edi.

Реклама на Unews

Kreml, o‘z navbatida, Putin Makron va Shols bilan Ukrainadagi “haqiqiy vaziyat” haqidagi tasavvurlarini baham ko‘rganini aytdi.

Makron va Shols  doimiy ravishda Putinga qo‘ng‘iroq qilishmoqda. Urush paytida Makron u bilan to‘qqiz marta gaplashgan va tashqi dunyo bilan aloqa qilishdan qochadigan Rossiya rahbari bilan ushbu aloqa kanalini saqlab qolish muhimligini bir necha bor ta’kidlagan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий