Samarqandda koronavirusga chalingan bemor qolmadi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Kecha, 5 fevral kuni Samarqanddagi COVID-19 infeksiyasiga chalingan oxirgi bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

 Shu bois mazkur kasallikka chalingan bemorlarni davolash uchun moslashtirilgan markaz (Xospis) o‘z ishini yakunladi.

“Bu pandemiya boshlanganidan hozirga qadar ilk bor viloyatimizda koronavirusga chalinganlar butunlay sog‘ayganidan dalolat”, deyiladi viloyat SSB xabarida.

Реклама на Unews

Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mazkur jarayonlarda xizmat qilgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan.

SSV ma’lumotiga ko‘ra, 5 fevral holatiga Samarqandda 2556 kishida koronavirus qayd etilgan. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий