Samarqandda 10 nafar erkak 27 yoshli yigitni o‘lguncha do‘pposladi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Samarqand viloyatida navbatdagi jinoyat sodir etildi. Bu haqda UPL nashri xabar qildi, deb yozmoqda "everyday.uz" nashri.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Oqdaryo tumanida 10 nafar erkak 27 yoshli yigitni aldov yo’li bilan uyidan ko‘chaga olib chiqib, avtomobilda olib ketgan. Erkaklar yigitni 36-sonli maktabning stadioniga olib borib, do‘pposlagan.

Kaltaklar natijasida 27 yoshli Shoxruh Temirov voqea joyida halok bo‘lgan. KHodisa shu yil 30 avgust kuni tahminan 18:30larda sodir bo‘lgan. Ushbu xabarni tarqatganlarning aytishicha, hozirda 10 nafar erkakning faqat bir nafariga nisbatan ish ko‘rilmoqda. Voqeaning qolgan ishtirokchilari jazodan qutilib qolmoqda. Ta'kidlash joiz, hozircha viloyat huquq tartibot organlari ushbu holat bo‘yicha rasmiy izoh bergani yo’q.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий